Readly
Kitoblar aylanib yuraveradi

O'qilgan kitob javonda emas, boshqa o'quvchining qo'lida yashashi kerak.

Readly — odamdan odamga kitob aylanadigan jamoaviy platforma. Sovg'a qiling, soting, almashtiring yoki qarzga bering — har bir harakat ball va ishonch keltiradi.

43+

kitob katalogda

4

xil almashinuv turi

1 bosish

bilan Telegram orqali kirish

Qanday ishlaydi

1

E'lon joylang yoki qidiring

Kitobingizni sovg'a, sotuv, almashish yoki qarz sifatida joylang — yoki kerakli kitobni katalog va e'lonlardan qidiring.

2

So'rov yuboring

Yoqqan e'longa qisqa xabar bilan so'rov yuborasiz. Egasi ko'rib chiqadi va tasdiqlaydi.

3

Xabar orqali kelishing

Yetkazib berish usuli, uchrashuv joyi yoki narxni to'g'ridan-to'g'ri suhbatda kelishasiz.

4

Almashinuvni tasdiqlang

Kitob qo'lga tekkach, ikkalangiz ham tasdiqlaysiz — ball, reyting va (agar Platform ID bo'lsa) kitobning tarixiga yozuv qo'shiladi.

Nega ulashish kerak

Ball va reyting

Har bir ulashilgan kitob ball keltiradi. Sovg'a qilish eng ko'p ball beradi va oylik reytingda ko'rinasiz.

Ishonch darajasi

Har almashinuvdan so'ng baholaysiz. Yuqori reyting tezroq tasdiqlanish va kamroq moderatsiyani anglatadi.

Kitobning tarixi

Har bir nusxa o'z Platform ID'siga ega — u necha qo'lda, qaysi shaharlarda bo'lganini ko'rasiz.

To'rt xil e'lon turi

Sovg'a

Bepul, eng ko'p ball uchun.

Sotuv

Narx holatga qarab cheklanadi.

Almashish

Kitobga — kitob.

Qarz

Belgilangan muddatga beriladi.

Saadah Books oilasidan

Kitoblashamiz

O'qish intizomiga chaqiruvchi loyiha — vazifalar bajarib Nur yig'ing, do'stlaringiz bilan duelga chiqing va mavsumiy mukofotlar uchun kurashing.

O'tish

Yodnoma

So'z yodlash orqali til o'rganishga yordam beruvchi Telegram bot.

O'tish

Tez-tez so'raladigan savollar

Readly qanday ishlaydi?

Kitobingizni ro'yxatga qo'yasiz (sovg'a, sotuv, almashish yoki qarz sifatida), boshqa foydalanuvchi so'rov yuboradi, xabar orqali kelishasiz va almashinuvdan so'ng ikkalangiz ham ball va reyting olasiz.

Readly bepulmi?

Ro'yxatdan o'tish va platformadan foydalanish bepul. Sotuv turidagi e'lonlarda to'lov foydalanuvchilar o'rtasida naqd yoki bank o'tkazmasi orqali amalga oshiriladi — platforma to'lovni qayta ishlamaydi.

Kitobning "tarixi" nima?

Har bir jismoniy nusxaga Platform ID beriladi. Kitob egadan egaga o'tganda bu tarix zanjiriga qo'shiladi — necha marta, kimlar orqali, qaysi shaharlarda aylangani ko'rinadi.